Ta’lim-tarbiya tevaragida

Ta’lim-tarbiya tevaragida (1924)
by Abdulhamid Choʻlpon
335343Ta’lim-tarbiya tevaragida1924Abdulhamid Choʻlpon

23 inchi o‘ktabrda butun Andijon tubjoy xalq muallimlarining yoppa yig‘ini bo‘ldi.

Maorif nazoratining ijtimoiy tarbiya shoʻbasining harakati bilan yig‘ilg‘an u yig‘inda, shoʻba mudirining maslahati bilan hamma muallimlarning o‘z sinflari axvolidan ma’lumot berib o‘tishlari lozim topildi.

Hamma maktablarning har bir sinfini o‘qutub turg‘an muallimlari o‘z sinflarida ta’lim-tarbiya tatbiqi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Ma’lumotlar eshitilgandan keyin har maktab va hatto har sinfdagi ta’lim yo‘lining boshqa-boshqa bo‘lg‘anligi anglashtildi. Ko‘z oldilarida bu katta xato va aybli ko‘rgan muallimlar, ta’lim-tarbiya ishlarining birlashishiga xizmat etmak maqsadi bilan bir ta’lim-tarbiya tevaragi ochishg‘a qaror berdilar. Tevarakni olib bormoq uchun ijtimoiy tarbiya mudiri qo‘l ostida, maorif noziri va muallimdan iborat 3 kishilik bir hay’at tashkil qildi.

Tevarakning majlislari haftada bir kun (juma kunlari) bo‘ladur.

***

28 inchi dekabrda hay’at tarafidan muallimlarning yoppa majlisi chaqirilib, tevarakning birinchi o‘turushi hisoblang‘an u majlisda hay’at raisi tarafida leksiya o‘quldi. Maskovda tuzilgan 7 yilliq mehnat maktabi pro‘g‘rammasining (yurt tanish) qismining tarjima va izohidan iborat bo‘lg‘an u leksiya, muallimlar tarafidan yaxshi qiziqish bilan eshitildi.

Bundan so‘ng ham tevaragning majlislari davom qilib, ta’lim-tarbiya-ga oid har xil leksiya o‘qulub turg‘usidur.

Shahar maktablarining muallimlari bu tevarakni ixlos bilan olib borg‘anda, ko‘b foydalar ko‘rsa kerak. Ijtimoiy tarbiya shoʻbasining shu yaxshi qadamini olqishlamoq bilan birga ko‘bchilik tashkil etgan qishloq muallimlarini ham tevarak foydalaridan nasibador qilish yo‘lida choralar aqtarmog‘ini umid qilaman.

Q

«Farg‘ona», 1924-yil 7-yanvar.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"