Toʻy chiqib qoldi

Toʻy chiqib qoldi (1926)
by Abdulhamid Choʻlpon
334908Toʻy chiqib qoldi1926Abdulhamid Choʻlpon

Yoz oylari.

Kechqurun soat 8-9. Koʻchada shovqun-suron, qiy-chiy.

Boyadan beri gapira-gapira qulogʻimni kar qilgʻan singlimga:

– Toʻqta, toʻqta – dedim – koʻchada gʻalva bor. Tagʻin nima boʻldi ekan?

Gapirib turgʻanlar birdan toʻqtadilar. Hamma quloqning oʻzi boʻlub qoldi. Nima ekan? Tagʻin nima balo boʻldi ekan? Tinglaymiz:

Qiy-chiy yaqinlashadur.

Bildik:

– Kelin tushdi ekan!

8 arava toʻla xotun-xalach, yuk, sanduq, koʻrpa-toʻshak.

Aravakashlar chopalar. Xoʻtan boʻyida kimlardur aravalarni toʻqtatib, „Kelin tushdi, yoʻl tushdi“ qildilar.

Yor-yor, shovqun dunyoni buzadur.

Qiy-chiy, qiyomat!

Koʻpdan beri toʻy koʻrmaganlar koʻchaga chiqdilar.

Oydin. Sutdak, paxtadak oydin. Koʻchadagi qator-qator chizilib ketkan terak va chinorlarning koʻlankasi koʻcha tuprogʻining ustiga sirlik gilamdek yopilgʻan.

Koʻcha boʻyi qatorlashib chizilgʻan xonalar, uylar noz uyqusi bilan uxlaylar…

Koʻchada, shaharda, balki butun dunyoda chuqur, ogʻir bir jimjitlik, faqat kelin tushdining gʻalvasigina dunyoni buzadur.

U ham oʻtub ketdi. Qiy-chiy, shovqun yiroqlargʻa ketib yoʻqoldi…

Kelin tushdini koʻrgali koʻchaga chiqqan xotunlardan biri orqasigʻa qaray-qaray uyiga kiradur. Uyiga kirib kelar ekan, yonidagʻi kampirga aytadur:

– Xudogʻa shukr, yurt tinchlanib, mana endi toʻy ham chiqib qoldi!..

Choʻlpon

1923 – 30-iyun. Andijon.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"