To‘y-ta’ziya isroflari
Inqilob davrida eng ko‘p mavzui bahs bo‘lg‘on masalalardan biri, shubhasiz, to‘y va ta’ziya isroflaridir. 6-7 yil ichida o‘zbek matbuoti, ayniqsa, Samarqandda chiqqan gazetalar to‘y, ta’ziya isrofotining islohi uchun ko‘p narsa yozdilar va bu to‘g‘ridagi fikr-mulohazalarini hukumatga takdim etdilar. Bir necha marotaba hukumat ham bularning faryodini eshitib, xalq orasidag‘i bunday isrofliqlarg‘a qarshi chora ko‘rdi. Yaxshi qarorlar chiqardi. Lekin Samarqandda bu haqda ko‘rilgan tadbirlar ko‘p vaqt o‘tmay mas’ul ishchilarimizning parvosizligi bilan natijasiz qoldi. Yana to‘y va aza isroflari burung‘usidek davom eta boshladi.
So‘ngg‘i bir-ikki yilda yurtimizning iqgisodiy ishlari bir muncha yo‘lg‘a qo‘yilishi bilan boynamolarimiz yana jonlana boshladilar. Shuning bilan barobar avvalg‘i urf-odatlar, isrofchiliqlar yana joriy bo‘la boshladi. Ayniqsa, so‘ng chog‘larda to‘ylarda odamlarg‘a to‘n kiygizish, qand va choy in’om etish, katta-katta nonlar, turlik shi-ravorlar ulashtirish odati yana ishga oshiriddi.
Nikoh to‘ylaridag‘i «tutuz» ro‘molcha, kashidalar, ta’ziya kunlarida qabr ustida xalqqa pul va yirtish berish, uch, yetti, yigirma, qirq qilishlar yana burung‘i holig‘a qaytdi. Kambag‘al xalqimiz u rasmu rusum va urfu odatlarning ijrosi bilan yana ezila boshladi. Bunday isrofchiliqlar orasida yana bog‘ sotish, hovli garov qo‘yish va kekirdakkacha qarzga botishlar ko‘rina boshladi.
Buning uchun xalqni ayblab bo‘lmaydi. Chunki hali xalq nodon. Bilamiz, xalqning ota-bobosidan qolg‘on urfu odatlar asiri bo‘lishi tabiiydir. Bizda taqlid, obro‘y, nomus va g‘azzoti nafs degan narsalar ham bor. Mana shu sifatlar avom xalqni har balog‘a uchratadur. «Faloncha to‘yda unday qilibdi, men bundan kammi» yoki «urfu rasmni rioya qil-masam, meni do‘stu dushmanlarim uyat qiladurlar», deb xalqimiz yana avvalg‘i isrofchiliqlarni joriy etishga o‘zini majbur biladur. Shuning bilan o‘zini har qanday tahlikaga soladur va ikki kunda o‘zining boru yo‘g‘idan ajrachadur.
Xalqni o‘z holida qo‘ya bersangiz, u o‘zining nafu zararini o‘ylamay, har bir to‘g‘ri kelgan ishni qila beradir. O‘lgunigacha foydasiz urfu odatlarning asoratidan chiqa olmaydur, lekin xalkni o‘z holig‘a qo‘yish tuzuk emas. Mas’ul ishchilarimiz va yoshlarimizning har bir to‘g‘rida xalqqa yo‘lboshchi va ta’minotchi bo‘lib turishlari kerakdir. Xalqni to‘g‘ri yo‘lg‘a olib borish va uni har qanday zararlik harakatlardan saqlash ana shularning vazifasidir. Lekin esizkim, bizning mas’ul ishchilarimiz, maorifchilarimiz va yoshlarimiz bu muhim vazifalarini ham bajara olg‘onlari yo‘q. Hatto, ulardan ba’zilarining shunday eski rasmu odatlarga rioya qilg‘onliqlari ham ko‘riladir. Mana bu ish ularning sha’niga yarashmayturg‘on bir sifatdir. Biz shuning bilan xalqimizning yo‘lboshchisi bo‘lg‘on mas’ul ishchilarga yana bir martaba yuzimizni o‘girib aytamizkim, o‘rtoqlar, ishchi-dehqon ommasi sizga ishongan va sizni qancha umidlar bilan ish boshig‘a qo‘yg‘ondir. Shuning uchun siz ham o‘z bo‘yningizdagi vazifalaringizni o‘tangiz. Faqir xalqni zararlik urf-odatlar va isrofchiliqlar changalidan qutqazish uchun bor kuchingizni sarf etib, bu to‘g‘rida jidtsiy choralar ko‘ringiz.
«Zarafshon» gazetasi, 1924 yil, 24 mart
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|