Tob solib zulfidin ul oftob...

Tob solib zulfidin ul oftob...
by Qoriy Xoʻqandiy
332932Tob solib zulfidin ul oftob...Qoriy Xoʻqandiy

Tob solib zulfidin ul oftob,
Qildi jahon mulkini chun mushki nob.

Rashhai avroq uza durdonalar,
Yo sochilibdur yuzi uzra gulob.

Soya sifat orqasidin ergashib,
Gul yuzini ko‘rgali jonlar kabob.

Vodiyi hasratda bo‘lub aql lol,
Ishqi xayoli bila bo‘ldum xarob.

Noz ila har yona xirom aylasa,
Sarv qudumig‘a bo‘lub chun turob.

Xayli balo boshig‘a qilg‘ay hujum,
Kirsa bu maydon ichig‘a shayxu shob.

Ohim o‘ti birla jahon o‘rtadi,
Qilmadi Majnuni jahongard tob.

Noz ramuzini o‘qub, ayladi
Qoriyi aftodaga doim itob.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.