Turkiston (1913)
by Mahmudxoʻja Behbudiy
334138Turkiston1913Mahmudxoʻja Behbudiy

Turkiston Osiyo vasati va yoinki Turonzamindan iborat va turk qavmining muxtalif urug‘lari ila maskun bo‘lub, hol-hozirda Turkistoni Rusiy va Turkistoni Chiniy qismlarig‘a bo‘lunur. Turkistonning bir qismi Afg‘oniston hukumatining tasarrufida bo‘lub, Turkiston yoinki Chahor viloyat atalur. Qirg‘iz-Qozoqiston va yoinki Arozi sahroiya ham Turkistondan hisob qilinodur. Ammo munda hozirgi taqsimoti siyosiyasi yuzasidan faqat Turkistoni Rusiyni bayon qilinadur.

Turkiston muzofotining hududi g‘arban Bahri Hazar (Kaspiy) dengizi, shimolan Urol yerlari va Aral dengizi va aksariyat Turkistonning Qirg‘iz-Qozoqiston qit’ai vasi’yasi, sharqan Turkiston Chini, januban Afg‘oniston va Eron mamlakatlarig‘a muttasildur.

Buxoro va Xiva xonliklari ushbu hududg‘a doxil va Turkistonning janubiy tarafinda voqe’ bo‘lub, Buxoroning yerlari Afg‘onistong‘a muttasildur.

Turkiston viloyatlig‘i oblustlarg‘a bo‘lunub, viloyatlar sanjoq uyezdlardan tashkil topilib, bahor viloyatg‘a harbiy voliy (voyennoy gubernotir) mansub bo‘lub, va butun Turkiston muzofotini bir bosh voliy general-gubernotir idora etib, markazi hukumat Toshkand shahridur.

Turkiston muzofotining hozirgi taqsimoti ushbudur:

Viloyat va uyezd yeri Murabba’ chaqirim 1902 yildagi barcha xalqi
Zakaspiyskiy (Movarobahri hazar) 501 696 409 000
Ishqobod uyezdi 86 650 102 000
Krasnovodskiy 101 000 59 000
Mang‘ishloq 160 254 67 000
Marv 110 795 131 000
Tajand 33 997 50 000
    1910 yilda
Samarqand viloyati 81 891 900 202
Samarqand sanjoqi 17 060 362 217
Dizzax 43 410 241 343
Kattaqo‘rg‘on 4 994 135 567
Xo‘jand 14 477 221 245
    1904 yilda
Sirdaryo viloyati 441 837 1 629 000
Toshkand uyezdi 48 090 492 000
Avliyoota 62 144 307 000
G‘azzoliy 58 528 155 000
Oq masjid (Serovskiy) 90 134 148 000
Chimkent 95 820 314 000
Amudaryo qit’asi 97 098 213 000
Farg‘ona viloyati 140 668 1 726 000
Marg‘ilon sanjoqi 14 069 359 000
Andijon 13 333 386 000
Xo‘qand 13 110 402 000
Namangan 15 273 392 000
O‘sh 24 880 174 000
Pomir 60 000 2 700
Semirechinskiy (Ettisuv viloyati) 228 966 1 090 000
Verniy (Olmati uyezdi) 45 588 248 000
Jarkent 25 587 136 000
Lepsinskiy 43 876 200 000
Qapol 75 797 150 000
Pishpak 77 683 194 000
Prjevalskiy 40 435 163 000
Jami 1 395 057 5 604 362

Turkistonda xaloyiqdan yuzda to‘qson beshdan ziyodasi musulmon bo‘lub, har bir yuz nafar odamdan to‘rt nafar qadari nasoro va yahudiydur.

Turkiston xalqini(ng) yuqoridagi adadi ozdur. Oriy, 1897 yilinda Rusiya hukumati amri ila umumi tahriri nufus bo‘lub edi. Ammo bir tarafdan, ro‘yxatchi mirzolarni(ng) tanballigi, digar tarafdan musulmonlarni «Rusiya hukumati askar oladur» yoinki «Jon boshidan soliq oqcha oladur» deb haqiqiy adadni ko‘rsatmaganlari sababli hisobni natijasi oz zohir bo‘lgandur. Bolodagi raqamg‘a bir suls va aqlan bir rab’ yana qo‘shmoq kerakdur.

«Oyna» jurnali, 1913 yil, 1-son, 2—5-betlar.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.