Ulki, ishq etti bahona bizni rasvo qilg’ali...
Ulki, ishq etti bahona bizni rasvo qilg’ali,
Qildi paydo ko’rk elin o’z sirrin ifsho qilg’ali.
Mayl etar gah-gahki, bir rahm aylagay ahvolima,
Husn istig’nosi qo’ymas yona parvo qilg’ali.
Chin cherikini yasab, tuzub xitoyi ko’zlaring,
Keldilar jonu ko’ngul mulkini yag’mo qilg’ali.
Nosiho, “sabru madoro qil” deding ishq ichra, oh,
Aqlu idroke kerak sabru madore qilg’ali.
Har qachon gulgasht etar bo’lsang paritek bog’ aro,
Kelsalar havro kerak kasbi tamosho qilg’ali.
Ohuyi chin zulfung onlinda ne sotsun mushkini,
G’amzang o’qi chun turubtur nofini vo qilg’ali.
Va’dalar berdi dudog’ing, qani so’rmoq ayb emas,
O’ftanurmen men bori, valloh, taqozo qilg’ali.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |