Ulug’bek madhi
by Sakkokiy

Jahondin ketti tashvish-u mabodoyi amon keldi,
Xaloyiq, aysh eting, bu kun sururi jovidon keldi.

Tan erdi bu ulus barcha aningtek joni bor yo yo’q,
Bihamdillah o’g’on fazli bila ul tanga jon keldi.

Bu mavkib gardi surmosi topilmas erdi berib jon,
Ko’rung ko’z birla haq suninkim o’sh xush roygon keldi.

Alamtek barcha beklarning boshi ko’kka kerak teksa,
Kim onlar tak ya qilg’oli bu qutlug’oston keldi.

Jahondin Ahraman ketib musaxxar bo’lg’oy ins-u jon,
Kim o’sh taxtini yel ko’trub Sulaymoni zamon keldi.

Boyindi taxtining qadri, o’zung toj ko’kka toshlodi,
Adolat bog’i sabz o’ldi, chu No’shiravon keldi.

Kerak jon bulbuli tun-kun navodin tinmasa bir dam,
Chu do’stlarig’a xurram yoz, adularg’a xazon keldi.

Raiyat qo’y erur, sulton anga shubon-u yo bo’ri,
Bo’ri o’lg’o-yu qo’y ting’oy, chu Musotek shubon keldi.

Bu kundin so’ngra ko’p ting’oy raiyatlar rioyatdin,
Ulus haqqida ming turla atodin mehribon keldi.

Ko’ngullar bo’ldi xush ravshan ko’rub qolmadi bir zarra,
Qorong’ulik ketib, holi chu xurshidi zamon keldi.

Sevunsun xisravi oliy guhar sulton Ulug’bekkim,
Shahanshoh Shohruhbektek shahi xisrav nishon keldi.

Bu shahning lashkari qaysi viloyat sori azm etsa,
Falakdin har zamon ul dam nidoyi «al-amon» keldi.

Bular elga qilich nayza olib hayjoga kirganda,
Hech ish kelmodi a dodin magar oh-u fig’on keldi.

Bu lashkar yetkanin ko’rsang yasob a doning ustiga,
Sog’ing oysen cherik ermas magar gurz-u sinon keldi.

Shahanshoho, sening oting shahi kishvarkusho erdi,
Ol emdi dunyoni ko’ktin, laqab getisiton keldi.

Tavar-u qo’y bikin dushman, ko’rub baxting qaviysini,
O’z ilgin bog’lab ollingg’a, zaif-u notavon keldi.

Kirib tulku bikin dushman, inida o’lgay ochliqdin,
Ne qilsun ustina haybat bila sheri jayon keldi.

Quruq savdo pishurdi-yu, vale xom etti ishlarin,
Oxir ko’rgul bu savdodin, boshig’a ne ziyon keldi.

Ayo shoho, malak siyrat sening vasfing so’zi ichra,
O’qiyin emdi olingda yana bir doston keldi.

Eshiging tuproqi majruh bo’lg’on jon-u tanlarg’a,
Shifoliq marhami bo’ldi, bisoti parniyon keldi.

Nekim No’shiravon adl ishi ichra qildi taqsirin,
Qamug’ing a aning bir-bir, sharif zoti zamon keldi.

Salotin dunyoda ko’p keldi-yu, kechti seningtek bir,
Falakning gar tili bo’lsa ayitsunkim, qachon keldi.

Malaktek zuhd-u toatda ishingni muntaho qilding,
Bu ishdin lojaram sidra senga adno makon keldi.

Qachon Kayvon bikin onlar saroy-u toqi oliyg’a,
Tilosa posbonliqni, shahi Hinduston keldi.

Sening bazmingda kelturub, eshikka Zuhrani gardun,
Dedi tanda eding adno, kanizak madhxon keldi.

Gadolar roygon topg’oy zaruriy moli Qorunni,
Yadi bayzo bikin ilging, jahong’a zarfishon keldi.

Ulusqa to’y berur bo’lsang, qo’yub oltin kumush girda,
Murassa minjular birla, falaktin ikki xon keldi.

Qilich yashnatsang urushta, aning kay shu’lasin dushman,
Ko’rub aytur: Qamug, hay-hay, qoching, barqi yomon keldi.

O’qungni ko’rsa sahmingdin so’ngugtek titrar a’zosi,
Degay adokim o’sh jong’a, baloyi nogahon keldi.

Kishikim qahringga uchrar, shaqovat birla ul bordi,
Vale lutfingni topg’ong’a, saodatdin nishon keldi.

Shaho, lutfungni topqom deb duochi banda Sakkokiy,
Belin joni bila bog’lab, bu xizmatga ravon keldi.

Erurman xonadoningning ko’ngul birla duochisi
Menga burhon tilosalar, so’zum xud chin ayon keldi.

Mamolik nazmi-yu, dinning qurug’idur sharif zoting,
Nabitek shar iy ishingda, zamiring xurdadon keldi.

Jahonda qarnlar tirik bo’lub izzat bila turg’il,
Azal vaqtida chun oting, shahi sohibqiron keldi.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse