Xanjarni olo keldi
Ming sho’ri fig’on birlan, hay-hay, ne balo keldi,
Jon qichqiradur qo’y deb, xanjarni olo keldi.
Qo’lida qilich fo’lod, qoshimg’a kelib jallod,
Qildi mani bebunyod, tiyg’i guzaro keldi.
Ketsam bu alam birlan, yuz kohishi g’am birlan,
Savdoyi sanam birlan, xush davri safo keldi.
Rozi bo’layin o’lsam, jon bergu(n)cha bir ko’rsam,
Mundog’ ne balo birlan shiddatli qazo keldi.
Zahmatga qazo yondosh, bo’ldi hammasi yo’ldosh,
Ul javru jafo podosh, tiklab yuguro keldi.
Devonayi Mashrabsan, qo’rqub nega yig’larsan? —
Oshiq kishiga o’lmoq kim, ayni shifo keldi.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |