Xislato, majmui yoru oshnolarni so‘rang...

Xislato, majmui yoru oshnolarni so‘rang... (1912)
by Asiriy
332870Xislato, majmui yoru oshnolarni so‘rang...1912Asiriy

Xislato, majmui yoru oshnolarni so‘rang,
Barchag‘a bizdin duo ayting, ag‘olarni so‘rang.

Bizdin aylang zumrai ahboba tavzii kalom,
Loyiqi vasfu sazovori sanolarni so‘rang.

Qilsangiz sayri madoris birla azmi xonaqoh
Olimi qudsisyar zuhd intimolarni so‘rang.

So‘fiyi sofi taviyyat, muttaqiyi haqsipos,
Orifi urfon manoqib, avliyolarni so‘rang.

Garchi bilmaymiz hanuz ahvolini, kimdur Kamiy,
Lek shoirlikda mashhuru valolarni so‘rang.

Nolai ushshoqdur har mashqining ziru bami
To‘ychiyi to‘tinag‘am bulbul navolarni so‘rang.

Ba’di tablig‘i salomu to‘hfayi arzu niyoz,
Kipriki nozofarin, qoshi qarolarni so‘rang.

Gar hulo taqsa sochi shammomai sunbulfirib,
Va-r qiyo boqsa ko‘zi nargisrabolarni so‘rang.

Kimki rahmat ko‘z bilan boqsa bizimdek zorg‘a,
Diydasi ohunasak, chashmi siyolarni so‘rang.

Qaysi majlis ichra yod o‘lsa bizim avsofimiz,
Xushsuxan, shirinbayon, nozik adolarni so‘rang.

G‘oyibona kimsa izhor etsa, arzi e’tiqod,
Xohi xayli ag‘niyo, xohi gadolarni so‘rang.

Xirmani guldek qizil ruxsoralarni yodida,
Rangi sarg‘aygan samondek qahrabolarni so‘rang.

Sarviqomatlarni hijronida qaddi dol o‘lan
Piri mahrumi aso, qaddi dutolarni so‘rang.

Shahringizda, alg‘araz, harqancha bo‘lsa ahli fazl,
Bizdin ibrozi niyoz aylang, rasolarni so‘rang.

Biz kabi jismi musibat tobasinda dog‘ o‘lan,
Nuri chashmindan judo, sohib azolarni so‘rang.

Qolmasun hech kim Asiriydek faromushi xayol,
Go‘shai xilvatguzin, sahvi nizolarni so‘rang.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.