Xonaqoh ichra kirib har kecha g‘avg‘o qildi shayx...
Xonaqoh ichra kirib har kecha g‘avg‘o qildi shayx,
Soda dil bechoralarni asru rasvo qildi shayx,
Chinu yolg‘onin karomat anglag‘on elni murid
Aylabon, so‘fi deb axloqig‘a shaydo qildi shayx.
Garchi fe’li zisht edi, makr aylabon atrofida,
Necha nodonlarni o‘z tavrida paydo qildi shayx.
Har dami faryod etib, bo‘krib, qoqib angushtlarin,
Halqada chindin mashoidliq huvaydo qildi shayx.
Ichkaridin to‘q, xorijdan o‘zni ro‘za deb,
Kizb ila o‘z jonig‘a zulmini amdo qildi shayx.
Dayr pirining irodat birla bo‘lg‘il bandasi
Kim, ulusdin moli dunyoni tamanno qildi shayx.
Istasang xomushlik, dayr ichra kir, ey ahli hush,
Ko‘rki, har dam xonaqoh ichra alolo qildi shayx.
Shukr boriy, ey Niyoziy, man’ etib maydin mani,
Bil oxir sajjodasini rahni sahbo qildi shayx.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|