Xususiy murojaat
Toshkanddagi usmonli adabiyoti havaslilari bo‘lgan birodarlarimizga:
Sarfi adabiyotdan istifoda etmak uchun Istanbulda chiqqan: “Shahbol”, “Turk yurdi” va “Ijtihod” majmualarining ba’zi bir adadlarini ko‘rmakka hiddatli ehtiyojim bor. Ular bebaho narsalar bo‘lganlikdan sotub olishga urunish bir behuda harakat o‘lur edi. Shuning uchun qo‘llarinda mazkur majmualarning bir necha jild yoki adadlari bo‘lg‘an birodarlardan iltimos qilur edimki, o‘zlarinda bor majmualardan muvaqqat suratda va o‘z joylarinda bir necha soat istifodaga ruhsat etsalar ekan. O‘z joylarinda bir qadar narsalarni ko‘rub olur va ba’zilarini yozub olur edim. Boshqa turli zarar kelmasligin vijdonim nomina ta’min etaman.
Qo‘llarida bor narsalar haqinda marhamat qilub kaminani xabardor etsalar, adresim: Sobiq “Turkiston” no‘mralari 48 nchi xona (soat 3 dan so‘ng).
Ehtirom ila Abdulhamid Sulaymon (Cho‘lpon).
“Ishtirokiyun” gazetasi, 1919-yil, 23-dekabr, №247
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|