Yo‘qturur olam aro ishq ahlidek badnom el...

Yo‘qturur olam aro ishq ahlidek badnom el...
by Bayramxon
333546Yo‘qturur olam aro ishq ahlidek badnom el...Bayramxon

Yo‘qturur olam aro ishq ahlidek badnom el,
Kom topmay do‘stdin, xalq ichra dushmankom el.

Goh bazmi ayshi davron ofatidin qo‘zg‘olib,
Goh subhi vasli hijron zulmatidin shom el.

Goh quyundek g‘am biyobonida sargardon bo‘lub,
Topmag‘on bir dam qaroru ko‘rmagan orom el.

Goh Majnundek junun ifrotidin bexud bo‘lub,
Xotirig‘a yetmagan og‘oz ila anjom el.

Goh kasrat vahshati ifrotidin devonavor,
Xalq aro zohir qilib ham kufru ham islom el.

Goh vahdat bodasin tortib irodat jomidin,
Yuz tuman Jamshidg‘a jom aylagan in’om el.

Ishq elidin mastu bexudluq ajab yo‘qturki, boz
Shavq bazmida sipehr aqdohin etgan jom el.

Necha bul Bayram kishiga ishq o‘ti so‘zin dema,
Kim bu o‘tg‘a kuyganingni bovar etmas xom el.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse