Yor ag‘yora shakar xanda ila so‘z qotadur...

Yor ag‘yora shakar xanda ila so‘z qotadur...
by Akmal Piskandiy
332956Yor ag‘yora shakar xanda ila so‘z qotadur...Akmal Piskandiy

Yor ag‘yora shakar xanda ila so‘z qotadur,
Rashkdin achchig‘-achchig‘ vah mani qon yig‘latadur.

Ko‘zda yoshimni ajab yuzda niqobin ko‘rgach
Yoyilur charx uza sayyora quyosh chun botadur.

Rashkdan rishtai jonimda shikan uzra shikan
G‘olibo sunbuli zulfini sabo butratadur.

Ne tong uyg‘otmasa mahshar tongi vasl uyqusidan
Ulki tong otqucha yorin quchog‘inda botadur.

Bulhavaslar ne barobar bo‘lur ul oshiqa kim
Bir boqishda dilu dinini barobar sotadur.

Rostkim, rostbin emas ko‘ring ul kaj nazari
Rostlig‘ bobida sarvi qadig‘a o‘xshatadur.

Hadafi siyna shigof uzra shigof o‘lsa ne tong
To muhavvas qoshi novak uzra novak otadur.

Ne ravish birla ajal farzonidin meng o‘lmas
Bu bisot ustida har shohki, ot o‘ynatadur.

Ko‘rmadi ul oyi yuzin Akmal hargiz voh-voh
Necha anjum kibi yuz yoshurubon tun qotadur.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.