Yorab, na xush kun erdi so‘rmaqg‘a arzi holim...

Yorab, na xush kun erdi so‘rmaqg‘a arzi holim...
by Muhammadniyoz Nishotiy
332800Yorab, na xush kun erdi so‘rmaqg‘a arzi holim...Muhammadniyoz Nishotiy

Yorab, na xush kun erdi so‘rmaqg‘a arzi holim,
Yuz ishva birla keldi ul mushkbo‘ g‘azolim.

Oldi niqobi gulgun gul yuzdin ul parizod,
Ko‘rguzdi chehrai ol, daf’ ayladi malolim.

Har bir kunim edi oy, har oy erdi bir yil,
Ul zulfu yuzni ko‘rgach xush bo‘ldi mohu solim.

Dedimki: shomi hijron tul erdi ham qorong‘u,
Dediki: ko‘zung oydin topting bu tun visolim.

Ko‘rsatti yuz nazokat ul bel ila og‘izdin.
Boru yo‘qim fidosi ham sadqa qiylu qolim.

Ul qoshu ko‘z, qadu zulf ermish niholi ra’no,
Dark ayla yaxshi ey aql desam ani niholim.

Yondashturub jamolin mehri falakga dedi:
Insof qil, Nishotiy, ul mehr ro‘ jamolim.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.