Yoshlar orasida
Leninchi yoshlar o‘z vazifasini bilishi kerak!
Bu kungi leninchi yoshlar firqaning hozirliq qursining talabalari hisob qilinadur. Ya’ni erta-indin chin firqa a’zosi bo‘lub umumiy ijtimoiy, siyosiy ishlarda haqiqiy rahbarlar bo‘lub yetishadurlar.
Bu kun biz leninchi yoshlar safining kundan-kun kuchayishi, sonining ortishi bilan na qadar quvonsaq, lekin ularning ichki siyosiy tarbiyalari uchun ham shunchalik urunishimiz kerak.
Buning uchun birinchidan, yoshlar safining ichida haqiqiy birlik, samimiy o‘rtoqliq bo‘lishi lozim. Afsuski, yoshlar haligacha kamisarlik ustalidan pastga tusha olmaymiz, bizga o‘zlarini boshliq, chin rahbar deb o‘ylag‘an ko‘bkina mas’ul yosh ishchilarimiz hatto haftalik majlislarimizga ham bir sarqadam kelmaydilar.
Yoshlarga kelishmaydi
Popirusning na qadar zararli ekanligi, uning kishining o‘pkasiga bo‘laturg‘an ziyonlari ma’lum. Bu to‘g‘rida so‘zlab o‘turushning hojati ham yo‘q.
Kattalarimiz tushunub turub o‘zlarini o‘zlari zaharlayturg‘an kishilarimiz mayli chekaversunlar; ammo bizning yosh kamsamo‘l a’zolari shunday ziyonli narsani bu kundanoq tashlashlari kerak.
Yosh, o‘qush yoshidag‘i bolalar ko‘chama-ko‘cha popirus sotib umrlarini bekorga o‘tkazadurlar.
Hatto, ko‘bgina yosh bolalar, ota-onalarining pullarini o‘g‘rilab bo‘lsa-da popirus olib chekadurlar.
Bizning ugorkomol va boshqa yuqori idoralarimiz shular to‘g‘risida tadbirli bir chora ko‘rsa edi.
Andijonlik
“Farg‘ona” gazetasi,
1925-yil, 22-iyul.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|