Yoz fasli in bori bu lazzat-u ishrat bila...
Yoz fasli in bori bu lazzat-u ishrat bila,
Yolg‘uz men mubtalo dard-u g‘am-u mehnat bila.
Xalq xush gulgasht etarlar g‘unchatek o‘ynab – kulub,
Kunji mehnattur dag‘i, men yig‘la-yu hasrat bila.
Yerga tushgay kul bo‘lib bu saqfi mino shaksizin,
Subhidam gar oh urub, qilsam fig‘on riqqat bila.
Hosil aytur: «Ul eshikda xorsen tuproqtek»,
Og‘zi -og‘zig‘a urung, so‘zlasun izzat bila.
Ey raqib, oxir seni ovora qilg‘umdur, deding,
To na yerga yetgaysen nahs bu niyat bila.
Chun azaldin g‘ussa-yu g‘amdur nasibing, ey ko‘ngul,
Ne ishing bordur jahonda, shodi-yu lazzat bila.
Garchi hasrat birla o‘lturdung Gadoni xor-u zor,
To qiyomat umr bersun haq sanga davlat bila.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |