Yurt qayg‘usi (1920)
— Ona! Nechungina yig‘laysan? Bugun saodatga erishdik, yana qayg‘urasanmi? Bugun o‘z tilagingga yetishding, ko‘z yoshlaringni to‘kadirsanmi?
Emdi qayg‘urmoq chog‘i bitdi, yig‘lamoq pallasi yo‘q bo‘ldi, rohat kunlaring yetishdi, onam!
— Oh… o‘g‘lum, arslonim! Mustabid hukumat uyimni talatdi: buyuk binolarimni yiqitdi: suyukli o‘g‘lonlarimni o‘ldurdi.
Tahammul etdim, sabr qildim, kimsaga bir og‘iz so‘z bu to‘g‘ridan ochmadim. Negakim, qo‘llarinda qilich, o‘muzlarinda to‘fang, mani o‘ldirmoqqa hozir edilar. Dunyoning mukofot ekanligin bilgan edim.
Bilar edimki, bu zolimlar bir kun qilg‘on zulmlarining mukofotini ko‘rarlar. Bilardimki, to‘kilgan qonlarning har bir tommasidan biror arslon yaratilub bunlarning qonlarini ichar-lar.
Ko‘zlari ko‘r, quloqlari kar bo‘lib onalarini tonimaydilar, yuragimni teshadirlar, bag‘rimni parchalaydilar. o‘zlarini tar-biya qilib yetishtirgan onalarini yo‘q bo‘luviga sabab bo‘ldilar.
o‘ylamas o‘g‘illarim butun bir qutimni yotlarg‘a talatib, nomusimni g‘ayrilarning oyog‘i ostinda oldilar.
Bo‘yla onalarig‘a dushmanliqlari o‘z boshlarig‘a yetdi, bukun ko‘rub to‘rg‘on mukofot u qilg‘on zulmlarig‘a qarshi edi.
Shu davlat, shu g‘ururlariga mast bo‘lg‘on xoinlarning kasofati tegdi. Butun uyimni yondirdilar, yuragimdan alangalar chig‘a boshladi, buyuk binolarim yonib bitdi.
Go‘zal-go‘zal masjidlarim kul bo‘ldi. Zolimga qarshi otilgan to‘plar manim tom yuragimni teshdi, u mustabidlarga qarshi otilg‘on to‘fanglar mani xavfga soldi.
Nima qilayin, oh, minglarcha gunohsiz ma’lum o‘g‘lon-larimni nohaq yerda qonlari to‘kildi, qancha onalar bolasiz va necha o‘g‘lonlar onasiz qoldi.
— Onajonim! Yig‘lama, dushmanlar mahv bo‘ldi, u mustabid qon ichuvchilar bitirildi. U mustabidlar qo‘lindan ochilg‘on yaralaringni tuzatmak uchun do‘qturlar hozirlanib, zahmlar tuzatildi.
Emdi yig‘lama. Saning saodatingni chin ko‘nguldan istab yurg‘on bolalaring holingni so‘rg‘ali keldilar. Tur! Yig‘lamoq o‘rnida bir oz kul.
— Oh, arslon o‘g‘lonlarim! Emdi chin suyukli o‘g‘lonlarimni quchog‘inda yotayin. Oh, men sizni bu kunlarim
uchun yetishtirgan edim. Manim emkanib tarbiya qilg‘on choqlarimni esingizdan chiqarmaysiz.
Abdurauf Fitrat
«Buxoro axbori» gazetasining 1920-yil 5-oktabr sonida bosilgan.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|