Yuzu xoling gʻamidin gar emastur notavon lola...

Yuzu xoling gʻamidin gar emastur notavon lola...
by Komil Xorazmiy
332659Yuzu xoling gʻamidin gar emastur notavon lola...Komil Xorazmiy

Yuzu xoling gʻamidin gar emastur notavon lola,
Nedin boʻlmish hamisha sina dogʻu, bagʻri qon lola.

Xijolatmandi xolu orazing ermas esa, nechun,
Qoʻyub gulshanni dashtu togʻ aro tutmish makon lola.

Boʻyoldi qongʻa gʻamzang tiyrboronddin ul goʻyo,
Qochib koʻhsor gʻorin anglamish dorilamon lola.

Tunu kun davr etib, hech koʻrmadilar dashtu gulshanda,
Yuzingdek sab’ai sayyora birla osmon, lola.

Ochibmu bogʻ aro ustida gullar sarv yo shamshod,
Boshigʻa qistiribmu yoki ul sarvi ravon, lola.

Qadam qoʻy sarvnnng boshi uza, ey shoʻx, gulshanda
Ki to bilsun seni bir xisravi oliy makon lola.

Chamanda xizmat uchun bir ayoqda tik turub shamshod,
Tutar yoʻlingda nargisdin qoʻlida sham’don lola.

Koʻngul dogʻini koʻrsatmak koʻzungga mumkin ermastur,
Agar koʻrmak tilarsen bordurur andin nishon lola.

Ani hech gulga tashbih aylamas Komil kishi, mundin,
Birin bosh uzra qoʻysang, ismi zot aylar ayon lola.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.