Zamona bo‘lsa oxir ko‘p alomatlar chiqar dedim...

Zamona bo‘lsa oxir ko‘p alomatlar chiqar dedim...
by Ma’dan
333513Zamona bo‘lsa oxir ko‘p alomatlar chiqar dedim...Ma’dan

Zamona bo‘lsa oxir ko‘p alomatlar chiqar dedim,
Chiqib Dajjol ila Ya’juj bu olamni yutar dedim,
Ulardin ilgari har shahra bir ofat tegar dedim,
Bu yuz o‘ttiz qaroqchi mulki Pang‘ozni buzar, dedim,
Amon saqla, xudoyo, bu balodin alhazar dedim.

Silar davrinda bo‘lmas hech mushkil ishga osonlik,
Eru xotin arosinda bo‘lub g‘avg‘o parishonlik,
Na bog‘da bog‘bon qoldi, na dehqonlarda dehqonlik,
Bu yuz o‘ttiz balog‘a daf’ bo‘lmas xayru qurbonliq,
Xudo sizlarga bersun manzili nori saqar dedim.

Xaloyiq qildilar dehqonchilik, man ham havas qildim,
Ki go‘yo murg‘i jonimni giriftori qafas qildim,
Qaroqchilarg‘a uchrab, xirmanim donini xas qildim,
Ki mundin so‘ngra shunday ishni qilmoqlikni bas qildim,
Silar har qaysingizni turli ofatdan batar dedim.

Xizrg‘a uchrab ayttim: «Ey nadimi hazrati bori!
Na bo‘lg‘ay bir nazar qilsang boribon xirmanim sori,
Anga yolbordimu qildim tavallo nolayu zori,
Xizr borib nazar soldi samong‘a qoldi don nori,
Quduming tegsa har yer sabz bo‘lg‘ay pursamar, dednm.

Banogoh bo‘ldi paydo uchta bedodi padarla’nat,
Xizr qochdi ulardin qilmadi xirman sari rag‘bat.
Ko‘zim ochsam, qani Xizru qani xirman, qani barkat,
Kasofat shumlug‘idin tekgusi har yerga bir ofat,
Bu badxo‘liklaridin har balog‘a yo‘liqar, dedim.

Kel, ey Ma’dan, quruq nay bo‘lma, hamchun nayshakar bo‘lg‘il,
Bular bo‘ldi xudodin bexabar, sen boxabar bo‘lg‘il,
Yamonlardin qochib sen yaxshilarg‘a hamsafar bo‘lg‘il,
Qarilik vaqtida qaddingni bukma, sheri nar bo‘lg‘il,
Yamonlardin fano berg‘il, xudoyo, alhazar dedim.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.