Zamona xotini
Fojia
SHUNIGINA DEYMAN…
(So’zboshi o’rnida)
Bu asar Moskvadagi vaqtimda “Bilim yurti” qoshidag’i jamoat tashkilotlarining o’tinishlari bo’yicha, 8-mart xotin-qizlar kuni uchun ikki pardali qilib, “Zamoka xotini” nomi bilan yozilg’on edi. Unda havaskorlar tomonnidan shoshiliqliq bilan juda tez, ahamiyatsiz tez o’ynaldi…
So’ngra men uni biroz kengaytirib muosir bir pьesa holida yozdim. U na kulgu, na fojia bo’lmag’onlig’idan «peьsa» deyishga to’g’ri keldi. So’ngra Markaziy Davlat truppasi muni qo’ymoqchi bo’lib, o’rtoq Uyg’urg’a havola qildi. Uning topshirishi bo’yicha, men uni ko’prak kulgidan iborat bo’lg’on burung’i holidan chiqarib fojiaga aylantirdim. SHuyday qilib, bu asar uch daf’a yozilib chiqqan bo’ldi. Emdi bas qildiq.
***
Mana qo’likgizda muosir turmushidan bir fojia. To’g’risi, u yo’lda bir va birinchi tajriba. Biz sahna, san’at olamida tajriba davrini kechiramiz. Bir aniqlab tutilgan bir usulimiz yo’q. Sahnaning «moli» (materiali) bo’lg’on asar ham tajriba elagidan o’tmay bo’lmaydi. Tajribalar qanday natija bersa bersin, oxirida bir narsaga olib chiqadi-ku!
Ko’z oldimizda rus teatru olami. Keng, «quloch yetmas» olam…
Muosir asar topolmasdan qiynalib yotdi. Muosir asar bor, muosir asar yo’q! Bizda… bizda hali o’rtoq S.Husayn aytganicha, «juda ko’p kuch sarf qilmoq kerak». Mana bu yaxshiliq va tuzuklik da’vosidan yiroq bo’lg’on asar o’sha ko’p kuchning bir zarrasi.
Zarra-oz.
Lekin sahnamizda u ham yo’q. Hozirg’a zarra ham kerak. Zarra, zarradan millionlar!.. «Toma-toma ko’l bo’lur»!
O’zim uchun ikki oson yo’lda, “ko’rinish” yo’lida yozdim. Naridan-beri pardalarga ham bo’ldim. Uni qo’yg’uvchi qanday qilsa, yana qilaberadi. Meniig yolg’iz ikkitagina tilagim bor:
- Yaxshiroq rejisser qo’ysin, kuchsiz to’dalar qo’yib ovora bo’lmasinlar. So’zga men ahamiyat berdim (ayniqsa, qiz majlislarida), qo’yg’uvchilar ham ahamiyat bersinlar.
- Asarning ketida tiplar xususida fikrlarim bor. SHuni qarab o’tsin.
CHo’lpon.
1928 yil 14 may, Samarqand.
Aralashuvchilar (fixrasi) har pardaning o’zida.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|