Zihi tufayli vujudi va judi arzu samo...

Zihi tufayli vujudi va judi arzu samo...
by Yusuf Saryomiy
332814Zihi tufayli vujudi va judi arzu samo...Yusuf Saryomiy

Zihi tufayli vujudi va judi arzu samo,
Chirog‘i mahfili kavnayn, sham’i jam’i hudo.

Habibi haq, anga rizvon g‘ulomi, arsh — sarir,
Tamomi kavnu makon nuridin erur paydo.

Jamoli sham’ini parvonasi rasulu malak,
Kamoli husni uchundur ikki jahon shaydo.

Tuniki, olami ruhoniyg‘a yeturdi qadam,
Yuzini partavidin topti nur arshi a’lo.

Shahiki, ahli samovot bo‘lsa xoki dari,
Yer o‘pgali tunu kun xidmatida subhu maso.

Riyozi Ka’ba harimi qaddi niholig‘a bog‘,
Guli ruxi chamanidur hadoyiqi Batho.

Malak sujudig‘a, odam vujudig‘a bois,
Xatibi ilmul asmo-u toji karramno.

Tufayli nuri Muhammad sarodiqi malakut,
Ochildi chun bu sharafkim, ko‘rar o‘g‘uldin ato.

Vujudi gavhari bahri inoyati azali,
Durudi mohii jam’i xututi sahvu xato.

Jahong‘a qo‘ydi qadam, bori botil o‘ldi adam,
Jamii but yiqilib, sarnigun o‘lub Kisro.

Jahon to‘lub shu tuni g‘ulg‘uli maloiqtsin,
Yeru osmondin o‘tub, aydadi o‘zin bolo.

Zihi saodati, olam chu bog‘i jannat o‘lub,
Bu tiyra xok bo‘yaub bory mo‘shki anbarso.

Tushurmadi na uchun Haq yer uzra soyasini,
Chu mahzi nur edi, zoti poki ayny zyyo.

Bo‘lundi ilkida qursi qamar ishorat ila,
Ki toshqa cho‘n dedi, zarrin daraxt bo‘ldi bino.

Kafi kifoyatida sangreza deb tasbeh,
Faseh til bila aytur xudog‘a hamdo‘ sano.

Daraxt amrig‘a farmonbar erdi, gar tilasa,
Ki jon bila yugururdi, chu qatra besaru po.

Der erdi murg‘i havo arzi hol, ohuyi dasht,
Qilur edi borisin jumla hojatini ravo.

Damiki, arz qilur puxta go‘shi buzg‘ola,
Chu zahr birla pishurmish, manhi yemang, a’do.

Nechunki xatmi rusul mo‘jizoti behaddu ad,
Desam tamomini to ro‘zi hashr bo‘lmas ado.

Ilohi, Haq habibing shafoatig‘a mani,
Yetur, oqordi sochim, jurm birla noma qaro.

Ilohi, na’ti habibing demaqda Yusufiyni,
Ba sad qusur ne hadkim, san etmasang go‘yo.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse